Motoga birinchi qadam shu yerdan boshlanadi
Yopiq maydonda, professional instructor bilan, xavfsizlikdan boshlab. Nol tajribadan real trafikkacha — bosqichma-bosqich.
500+
Bitiruvchi
3
Kurs yo'nalishi
5+
Yil tajriba
100%
Amaliyot
Uch bosqichli dastur
Noldan boshlang, shaharga chiqing, texnikani mukammallashtiring.
Boshlang'ich kurs
0 dan boshlanadi
Mototsiklni noldan o'rganish: muvozanat, start va to'xtash, tezlik almashtirish, burilish va tormozlash. Barcha mashqlar yopiq maydonda, instructor nazorati ostida.
12 dars · 4 hafta
1 500 000 UZS
BatafsilShahar haydash
Real trafikda
Shahar sharoitida xavfsiz harakatlanish: qatorlar, chorrahalar, ko'rinuvchanlik va vaziyatni oldindan baholash. Darslar real trafikda o'tadi.
8 dars · 3 hafta
1 200 000 UZS
BatafsilPro texnika
Burilish va tormoz texnikasi
Ilg'or texnika: to'g'ri traektoriya, tana pozitsiyasi, favqulodda tormozlash va burilishlarni to'liq nazorat qilish. Kurs o'z mototsiklingizda o'tadi.
6 dars · 2 hafta
900 000 UZS
BatafsilNega aynan biz
Tasodifiy darslar emas — aniq metodika, xavfsiz maydon va nazorat.
Professional instructorlar
Har bir instructor ichki tayyorgarlikdan o'tgan va yagona metodika bo'yicha ishlaydi.
Xavfsiz yopiq maydon
Mashqlar trafikdan ajratilgan maydonda — xato qilish xavfsiz bo'lgan joyda.
Zamonaviy metodika
Har bir darsning maqsadi va natijasi oldindan belgilangan, oson dan murakkabga.
Mototsikl maktabniki
O'z mototsiklingiz bo'lishi shart emas — Boshlang'ich va Shahar kurslarida moto biznikida.
QR-sertifikat
Kurs yakunida tekshirib bo'ladigan QR-kodli sertifikat olasiz.
3 tilda xizmat
Darslar va materiallar o'zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.
Sizni kim o'qitadi
Tajribali instructorlar — har bir talaba bilan individual ishlaydi.
Bekzod
BBB299 asoschisi va bosh instructori. Moto ta'limni tizimlashtirish, xavfsizlik standartlarini joriy qilish va instructorlar jamoasini tayyorlash ustida ishlaydi. O'n yillik amaliyot davomida yuzlab haydovchini noldan yo'lga chiqargan.
- Yil tajriba
- 10+
- Talaba
- 500+
Qanday boshlanadi
Arizadan sertifikatgacha — to'rt qadam.
- 01
Ariza
Saytdagi qisqa formani to'ldirasiz — bir daqiqa vaqt oladi.
- 02
Aloqa
15 daqiqa ichida qo'ng'iroq qilamiz va sizga mos jadvalni kelishamiz.
- 03
Darslar
Instructor bilan bosqichma-bosqich amaliyot — maydondan shaharga.
- 04
Sertifikat
Yakuniy nazorat topshirig'i va QR-kodli sertifikat.
Eng ko'p beriladigan savollar
Qolgan savollaringizga javobni to'liq bo'limda topasiz.
01Umuman tajribam yo'q, boshlay olamanmi?
Ha. Boshlang'ich kurs aynan noldan boshlaydiganlar uchun mo'ljallangan — birinchi darsda muvozanatdan boshlaymiz va hech qanday oldingi tajriba talab qilinmaydi.
02Motom yo'q, o'qiy olamanmi?
Ha. Boshlang'ich va Shahar kurslarida barcha darslar maktab motolarida o'tadi — moto va yoqilg'i narxga kiritilgan. Faqat Pro texnika kursi o'z mototsiklingizda o'tkaziladi.
03Kurs qancha davom etadi?
Kursga qarab 6 dan 12 darsgacha, taxminan 2–4 hafta. Jadval siz bilan individual kelishiladi — haftasiga necha marta kelishni o'zingiz tanlaysiz.
Birinchi darsga yoziling
Ariza qoldiring — 15 daqiqada bog'lanamiz va sizga mos kursni tanlaymiz.